Samsung kompaniyasi o‘zining eng ingichka smartfoni, to‘g‘rirog‘i, fableti — Samsung Galaxy A8’ni rasman namoyish etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Yangi qurilmaning qalinligi atigi 5,9 mm bo‘lib, u 5,7 dyuymli Super AMOLED displey, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor va 16/32 Gb ichki xotira (+microSD), 2050 mA/s sig‘imli akamulyator, 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.
Galaxy A8’ga ikkita SIM-karta joylash mumkin. Unda barmoq izi skaneri ham mavjud.
Hozircha yangi smartfon Samsung’ning Xitoydagi saytida e’lon qilingan. Qolgan bozorlarda qachon paydo bo‘lishi noma’lum.
Izoh (0)