Andijon viloyatida kapital ta’mirlash va qayta tiklash ishlaridan so‘ng, Bobur maydoni ochildi, deb xabar beradi “Narodnoeslovo.uz”. Viloyat markazida olib borilgan qurilish ishlari uning ko‘rinishini to‘liq o‘zgartirib, uni yanada obodonlashtirish va zamonaviylashtirishga xizmat qildi. Shahar aholisining dam olishi uchun qulayliklar yaratildi.
Qisqa vaqt, atigi 15 kun ichida loyiha bahosi 1 milliard 671 million so‘mni tashkil etgan katta hajmdagi ishlar bajarildi. Qurilish ishlariga eng yaxshi tashkilotlar jalb qilindi. Shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan turli daraxtlar va gullar ekilib, yangi maysazor barpo etildi.
Maydondagi eng diqqatga sazovor joy musiqiy fontan bo‘ldi. Suv, musiqa va chiroqlar illyuminatsiyasi bir maromga moslashtirilgan. Tovushni kuchaytiruvchi moslamalar shunday joylashtirilganki, musiqa sadolari butun maydon va uning tashqarisiga ham tarqaladi.
Izoh (0)