Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar Vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mfa.uz

Foto: mfa.uz

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida 10-iyul kuni Ufa shahrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning 2015—2016-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligi doirasidagi hamkorlikdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenov ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi