Fransiya politsiyasining maxsus bo‘linmasi Parij yaqinidagi Primark do‘konida uch nafar qurollangan shaxs tomonidan garovga olingan 18 kishini evakuatsiya qildi, deb xabar bermoqda Le Figaro.
Vilnev-la-Garenn shaharchasidagi Qwartz savdo markazida joylashgan do‘konning xodimlari bo‘lgan asirlar orasida jarohatlanganlar yo‘q, faqat ulardan biri o‘zini yomon his qilayotgani aytilgan. Bosqinchilar esa hozircha topilmagan, politsiya ularni izlashda davom etmoqda.
Ushbu harakat do‘konni o‘marishga urinish ekanligi taxmin qilinmoqda. Bosqinchilardan biri do‘konda ishlagan bo‘lishi mumkinligi ham aytilgan.
Izoh (0)