Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan Rossiyaning Lipetsk shahrida joylashgan “Roshen” fabrikasini o‘ziga berishni so‘radi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Siyosatchi o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozishicha, agar Poroshenko unga Lipetskdagi fabrikasini bersa, u Ukrainaning Kostopol shahrida joylashgan fabrikaga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.Qayd etilishicha, Rovnen viloyatida joylashgan Kostopol shahridagi fabrikani Jirinovskiy o‘zining bobosi Itsxak Edelshteynga tegishliligini aytib, shuningdek zavodga qarashli ikki gektar yerga ham da’vo qilib keladi.
Izoh (0)