New Horizons sayyoralararo stansiyasi 8-iyul kuni Plutonning hozirgi paytgacha olingan eng sifatli suratini uzatdi, deb xabar beradi Meduza. Suratning pastki o‘ng qismida yurak shaklidagi oqish dog‘ni ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, New Horizons tomonidan avvalroq olingan rangli fotosuratlarda sayyora ekvatori bo‘ylab g‘ayrioddiy qora dog‘larni ko‘rish mumkin edi. Dog‘larning bir tekis joylashgani va ular orasidagi masofalarning teng ekanligi olimlarni o‘ylantirib qo‘ygan edi.
Hozirda sayyoralararo stansiya mitti sayyorani aylanib chiqishni boshladi.
New Horizons sayyoralararo avtomatlashtirilgan stansiyasi 2015-yilning 14-iyul kuni Plutonga minimal masofa – 12,5 ming kilometrgacha yaqinlashishi kutilmoqda.
Izoh (0)