Filippinning markaziy va shimoliy qismlarida ikki kishi mamlakat shimoliga o‘tayotgan “Falkon” to‘foni oqibatida halok bo‘ldi. Yana ikki kishi yaralandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ma’lum qilinishicha, to‘fonning shimoli-g‘arbga tomon soatiga 20 kilometr tezlik bilan harakatlanishi kutilmoqda.Filippin meteorologlarining xabar qilishicha, soatiga 160 kilometr tezlikdagi shamolni olib kelayotgan to‘fonning “ko‘zi” payshanba tongida Filippinning eng shimoliy Batanes viloyatida joylashgan Itbayat shahridan 885 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Biroq bo‘ronning davriy musson shamollarini kuchaytirib yuborganligi sababli endilikda Filippinning Luson oroli va markaziy qismlariga ham suv toshqini va ko‘chkilar xavf solmoqda.
Bir qator viloyatlarda aviareyslar va o‘quv mashg‘ulotlari bekor qilindi.
Izoh (0)