Gretsiyadagi moliya va bank inqirozi hukumatni 12 milliard yevro tejash uchun ikki yillik islohotlar dasturini tayyorlashga majbur qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, dastlab 8 milliard yevroni tejash rejalashtirilgan edi. Biroq Yevropa Markaziy banki banklarga yordam berish dasturini uzaytirishdan bosh tortishi amalda Gretsiya bank tizimini ishdan chiqarib, naqd pul deyarli qolmasligiga va uni olishga qattiq cheklovlar qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Kreditorlar bilan kelishuvni imzolashdan bosh tortish va referendum ham Gretsiyaga qimmatga tushgan. Endi YaIM 0,5 foizga o‘sish o‘rniga 3 foizga kamayishi kutilmoqda.
Izoh (0)