Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yuriy Shterk YeI Markaziy Osiyo mamlakatlariga ekologik dasturlar bo‘yicha yordamni oshirmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Markaziy Osiyo global ekologik muammolarga duch kelayotgan mintaqadir. Bugun biz mintaqa mamlakatlari vakillari bilan Yevropa Ittifoqining yangi mintaqaviy ekologik dasturini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdik”, — dedi u atrof-muhitni boshqarish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ishchi guruhning Toshkentdagi yig‘ilishida.
“Uchrashuvda biz yangi dasturni ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqining yaqinda qabul qilingan Markaziy Osiyo mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturi bilan birgalikda inobatga olinadigan mintaqa mamlakatlarining aniq yo‘nalishlari va takliflarini olishga umid qilamiz”, — dedi Shterk.
Izoh (0)