Turkmaniston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasini iqtisodiy sanksiyalar va jahon iqtisodiy inqirozi tufayli to‘lov qobiliyatiga ega emasligini e’lon qildi. Tegishli bayonot Turkmaniston hukumati portaliga joylashtirilgan.
Xabarda qayd etilishicha, “Gazprom” 2015-yil boshidan buyon Turkmaniston tabiiy gazining yetkazib berilgan hajmi bo‘yicha “Turkmengaz” davlat kompaniyasi oldidagi qarzlarini to‘lamagan.
“Turkmengaz” direktori o‘rinbosari Annadurda Meretgeldiyevaning fevral oyida “Vedomosti”da e’lon qilingan maqolasida aytilishicha, Moskva Kaspiybo‘yi gaz quvuri hamda Sharq — G‘arb gaz quvuri qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan.
Izoh (0)