AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi er-xotin Aleksandr va Janet Tochko 75 yil birga yashab, 95 yoshlarida bir kunda bir necha soatlik farq bilan hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Bir necha hafta avval Aleksandr sonidan lat yeb, to‘shakka mixlangan edi. So‘ng Janet ham kasallanib qoldi. Ular mahalliy kasalxonada yonma-yon yotib davolandi.
Avval Aleksandr, bir necha soat o‘tib esa, Janet vafot etdi.
Ularning besh farzandi, o‘n nevarasi va olti evarasi bor.