Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgning “Siti Invest Bank” muassasasi bosh ofisida o‘tkazgan tintuvi chog‘ida “Spravedlivaya Rossiya” partiyasidan Davlat dumasi deputati Aleksey Lisyakovga tegishli 7 million dollarni olib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tergov 2-iyul kuni avvalroq Moskvada o‘ta katta hajmdagi firibgarlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida boshlangan. Tergovchilarda bankdan maxsus hujjatlarni olishga ruxsat bo‘lishiga qaramay, boshqaruvchi ularni kassaga yaqinlashtirmagan, shundan keyin kassaga hujum qilishga buyruq berilgan.
Binodan ichida 7 million dollar va bir necha million rubl bo‘lgan qutilar topilgan. Barcha pullar bank o‘ramlarida va har biri 10 ming dollarlik to‘plamlarda saqlangan. Har bir dollar kupyurasi og‘irligi 1 gramm ekanligi inobatga olinsa, 100 dollarlik pullarda hisoblangan 7 million dollar 70 kilogrammni tashkil etadi. U yerda kichikroq qiymatdagi pullar ham borligi tufayli maxsus xizmatlar bankdan 100 kilogrammga yaqin dollar olib chiqqanini aytish mumkin.
Izoh (0)