Bugun, 6-iyul kuni Ostonada Poytaxt kuniga bag‘ishlanib dunyodagi eng katta beshbarmoq tayyorlandi. Ushbu milliy taomning og‘irligi 736,5 kilogrammni tashkil etdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Yangi rekordni qayd etish uchun Ginnesning Rekordlar kitobi menejeri Sheyda Subashi Gemidji Qozog‘iston poytaxtiga keldi.
Beshbarmoq Turkistondan maxsus keltirilgan, ulkan To‘yqozonda tayyorlandi. Taomni pishirish uchun 700 kilogramm go‘sht sarflandi, xamir esa qo‘lda yoyildi. Tayyor bo‘lgan beshbarmoq bayram tadbirida yig‘ilgan barcha mehmonlarga ulashildi.
Izoh (0)