Germaniyaga “Anneli” antisikloni keltirgan jaziramadan qochishga urinib kamida 12 kishi suv havzalarida cho‘kib ketdi. Yana bir qancha odamlar bedarak yo‘qolgan. Ko‘pchilik quyosh urishidan jabrlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakatning bir nechta viloyatlarida jaziramaning o‘rnini jala va bo‘ronlar egalladi. Chaqmoq urishi natijasida ikki kishiga shikast yetdi.
Noqulay ob-havodan eng ko‘p Sharqiy Germaniya jabrlandi. Kuchli jala oqibatida u yerdagi ba’zi aholi punktlari ko‘chalarini suv bosdi.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, eng yuqori 39,2 daraja 4-iyul kuni Reynland-Pfalsda qayd etildi.
Izoh (0)