Misr armiyasi o‘tgan uch kun ichida Sinay yarimorolida 205 nafar jangarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Qayd etilishicha, terrorchilarning makonlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Shimoliy Sinay viloyatining ma’muriy markazi Al Arish, shuningdek Rafax va Shayx Zuvayd hududlarida davom etmoqda.
Rafax va Shayx Zuvaydga 1-iyul kuni 300 ga yaqin qurollangan jangarilar bostirib kelib, politsiya va harbiylar joylashgan blokpostlarga hujum qilgan edi. O‘sha kungi janglarning o‘zida 100 ga yaqin terrorchi yo‘q qilingan, harbiylardan esa 17 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)