Norvegiyaning Eydsvoll shahrida 92 yoshli ayol Shvetsiyada yashovchi yigiti bilan qariyalar uyidan qochib ketdi, deb xabar beradi “Eurointegration.com”.
Muassasa xodimlari yurgichini mashinalar to‘xtash joyida qoldirib ketgan ayolni qidira boshladi.
Tez orada aniqlanishicha, ayol Stokgolmda yashovchi 87 yoshli yigiti bilan dam olish uchun Norvegiyani tark etgan.
“Bu haqiqatan ham ta’sirchan sevgi hikoyasi”, — deydi qariyalar uyining boshqaruvchisi Yanka Xolstad. Uning so‘zlariga qaraganda, 92 yoshli ayol qonunga xilof ish qilmagan, biroq muassasa xodimlarining asabiylashishiga sabab bo‘lgan. Xolstadning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda “qochoq” uyga qaytadi.
Izoh (0)