2015-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) vakolatxonasi rahbari Karl Kulessa bilan o‘z missiyasini yakunlaganligi munosabati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va UNFPA o‘rtasidagi aloqalarning holati va istiqbollari borasida qisqacha fikr almashildi.
K. Kulessa O‘zbekiston tomoniga mamlakatimizda vakolatxona rahbari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama ko‘rsatgan ko‘magi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)