Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 761-reys bilan harakatlanuvchi yuqori qulaylikdagi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining harakatlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Foto: uzrailpass.uz

Foto: uzrailpass.uz

Xabar izohida aytilishicha, yo‘lovchilardan tushgan ko‘p sonli iltimoslarni inobatga olgan holda, Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining 761-reysi Samarqanddan yo‘lga chiqish vaqtini bir soatga kechiktirgan. 2015-yil 6-iyuldan boshlab poyezd 18:00 da Samarqanddan yo‘lga chiqadi va 20:10 da Toshkentga yetib keladi.

Ushbu o‘zgarish sayyoh va mehmonlar uchun Samarqandda bir soat ko‘proq bo‘lish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi