2-iyul kuni Toshkentda AQShning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Unda so‘zga chiqqan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen AQSh va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar 1991-yildan buyon hamkorlik va aloqa munosabatlarining barcha sohalarida o‘sganligini ta’kidladi. U shuningdek AQSh birinchilar qatorida O‘zbekistonning mustaqilligini tan olganligini eslatib o‘tdi.
“O‘zbekiston AQSh davlati bilan eng yuqori darajadagi o‘zaro manfaatli munosabatlarini mustahkamlashda davom etishini tasdiqladi”, — deydi elchi.
Pamela Spratlen O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosining ahamiyatini ta’kidlab, Samarqand, Buxoro, Xiva va Nukus kabi qadimiy markazlarga tashrif buyurganligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)