Virjiniya shtatidan bo‘lgan sobiq senator Jim Uebb Demokratik partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga saylanish uchun nomzodini qo‘ydi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
“Mamlakatga bir qancha yutuqlarga erishgan, shuningdek o‘z maqsadlari yo‘lida demokratlar bilan ham, respublikachilar bilan ham ishlashga tayyor bo‘lgan prezident kerak”, — deydi siyosatchi.
Jim Uebb demokratlardan beshinchi nomzod bo‘lib, undan tashqari ushbu partiyadan Hillari Klinton, Berni Sanders, Martin O’Melli va Linkoln Chafilar saylovda qatnashadi.
Respublikachilardan esa 13 nafar nomzod saylovoldi poygasida qatnashmoqda. Ular: Jeb Bush, Donald Tramp, Mayk Xakabi, Ted Kruz, Rend Pol, Karli Fiorina, Ben Karson va boshqalar.
Izoh (0)