Rossiyaning Lipetsk viloyatida arxeologlar “Amir Temur izidan” mavzusidagi ekspeditsiya bo‘yicha ish olib bormoqda, deb xabar berdi “12news.uz”. Qayd etilishicha, ekspeditsiyaning dastlabki kunida mudofaa devori ostidan odam qoldiqlari topilgan.
“Qoldiqlar juda g‘alati — yarimta odamga tegishli. U ikkiga bo‘linib ketganga o‘xshaydi. Buni shu kunlarda yetib keladigan antropologlar tasdiqlashi yoki inkor etishi kerak. Agar tasdiqlansa — ikkiga bo‘lingan odam bu yerdagi janglarning guvohlaridan biri bo‘lib chiqadi”, — dedi Ilmiy o‘lkashunoslik jamg‘armasi rahbari Igor Kozmirchuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Temur davrini o‘rgangan G‘arb olimlari, jumladan “Britanika” ensiklopediyasidagi maqola muallifi, shuningdek, o‘zbekistonlik tarixchilar ham bu davrga oid yozuvlardagi Qorasuvni Yelets, Musku(v)ni Moskva deb hisoblaydi.
Izoh (0)