Peruning markaziy qismidagi tog‘da harakatlanayotgan avtobus 700 metr balandlikdan pastga tushib ketdi. Natijada kamida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 19 kishi esa turli darajadagi tan jarohati oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Avariya mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni 16:00 da aholi yashash punktlaridan ancha uzoqda sodir bo‘lgan. Avtobus Lima — Lpata yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgandi. Avtobus ichida necha kishi bo‘lgani hozircha aniq emas.
Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Sezar Fallakning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyidan 15 kishining jasadi topilgan, ammo qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Avariyadan jabrlanganlar shifoxonaga olib ketildi. Ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Halokat sabablariga aniqlik kiritilmayapti.
Izoh (0)