Google vakili dastur surati ostiga avtomatik ravishda “gorillalar” tegini yozgan qora tanli foydalanuvchilardan kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda Arstechnica.
Dasturchi Jeki Alsine Google Photos uning fotoalbomlaridan birini “gorillalar” tegi bilan bergani haqida Twitter’da norozilik xabarini qoldirgan. Bunday suratlarga u qaylig‘i bilan birga tushgan. U yuzni tanish dasturi bunday natijalar ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Google qanday rasmlardan foydalanishini so‘ragan.
https://twitter.com/jackyalcine/status/615332439053967360
Alsinening xabaridan bir yarim soat vaqt o‘tib Google ijtimoiy arxitektori Yonatan Zunger kompaniya nomidan kechirim so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, servis bunday natijalarni ko‘rsatmasligi uchun ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)