Amerikalik pop-art qiroli Endi Uorxolning “Bir dollar” rasmi Sotheby’s’ning zamonaviy va urushdan keyingi san’at asarlari kimoshdi savdosida 20,9 million funt sterlingga (32,6 million dollar) sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Sotilgan rasmda Uorxol birinchi marta dollar kupyurasini tasvirlagan. “Rasm uchun to‘rt nafar kolleksioner kurashdi va uning yakuniy narxi 18 millionlik dastlabki narxidan ancha oshib ketdi”, — deydi kimoshdi savdosi uyi vakili.
Kimoshdi savdosiga Endi Uorxolning dollar kupyuralari tasvirlangan 21 ta asardan iborat kolleksiyasi qo‘yilgan edi.
Izoh (0)