Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrining 400 ta avtobusida bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Ostona jamoat transporti rahbarlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, va’da qilingan 50−100 ta avtobus poytaxt darajasiga to‘g‘ri kelmasligi tufayli shunday qarorga kelingan. Oy oxirigacha shaharning barcha avtobuslariga bepul Wi-Fi o‘rnatilishi va’da qilingan.Qayd etilishicha, Qozog‘istonda ushbu loyiha 2013-yildan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga kelib mamlakatning sakkizta shahri – Qostanay, Kokshetau, Qarag‘andi, Qizilo‘rda, Petropavlovsk, Turkiston, Uralsk va Olma-Ota shaharlaridagi 200 ga yaqin avtobusga bepul Wi-Fi o‘rnatilgan.
Izoh (0)