AQSh va Kuba davlatlari diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib oldi, har ikkala davlat elchixonalari 1961-yildan buyon birinchi marta qayta ishga tushadi, deb xabar beradi “Vedomosti.ru” The Washington Post ma’lumotiga tayanib.
1-iyul kuni AQSh prezidenti Barak Obama va davlat kotibi Jon Kerrilarning ushbu mavzuda chiqish qilishi kutilmoqda. Diplomatik missiyaning ochilish sanasi hozircha aytilmagan. Kubaga nisbatan qo‘llanilgan iqtisodiy embargo faqat Kongress tomonidan tegishli ruxsat berilganidan so‘ng bekor qilinadi.
2014-yilning dekabr oyida Obama 18 oylik maxfiy muzokaralardan so‘ng Kuba bilan munosabatlarni yaxshilash haqida rasman e’lon qilgan edi. Bu reja Vashington va Gavanada elchixonalarning ochilishidan tashqari savdo aloqalarining ham yo‘lga qo‘yilishini nazarda tutadi.
Izoh (0)