Yaponiyada Tokiodan Osakaga ketayotgan tezyurar poyezdda kelib chiqqan yong‘in tufayli kamida 20 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Ikki nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan.
Qayd etilishicha, poyezdning bosh vagonida to‘satdan tutun chiqa boshlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri neftga o‘xshash suyuqlikni tamburga to‘kib, yoqib yuborgan. U o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani taxmin qilinmoqda – keyinroq u vafot etgan.
Shuningdek, yo‘lovchilardan birining “yuragi to‘xtagani” ham xabar qilingan. Yapon qonunchiligiga binoan o‘lim faqatgina shifokor xulosasi bilan qayd etilishi mumkin. Qutqaruvchilar esa faqtgina jismoniy holatni tasvirlab berishi mumkin. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)