AQSh Oliy sudi Oklaxomada o‘lim jazosiga mahkum qilingan mahbuslarning qatl vaqtida mahkumni hushidan ketkazib, o‘lim inyeksiyasi yuborilganda og‘riqni sezmasligiga yordam beruvchi midazolam preparati qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risidagi da’vosini rad etdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Da’vogarlar midazolam yaxshi ta’sirga ega emasligi tufayli uning ishlatilishi AQSh Konstitutsiyasining mahbuslarni qiynashni taqiqlovchi sakkizinchi moddasiga zid ekanligini ta’kidlagan. Oliy sud sudyalarining besh nafari preparatni qo‘llashda davom etishni yoqlab, to‘rt nafari esa qarshi ovoz bergan.
Advokatlar 2014-yilda Oklaxomadagi qatl vaqtida midazolam yaxshi ta’sir qilmay, mahkum qaltiray boshlaganini asos qilib ketirgan edi. Ushbu preparat yana uch shtatda ishlatiladi – Arizona va Ogayoda mahkumlarda bo‘g‘ilish holati kuzatilgan, Floridada esa hech qanday qarshi ta’sir bo‘lmagan.
Izoh (0)