Tailandda MERS virusini yuqtirib olgan yagona odam kasallikni yenga oldi va sog‘aya boshladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Virusni Ummonda yuqtirib olgan 75 yoshli erkak 15-iyun kuni kasalxonaga yotqizilgan edi. Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda bemorning ahvoli barqaror. U mustaqil nafas olmoqda, biroq hali yura olmaydi.
Oxirgi tahlil natijalari uning organizmida virusning yo‘qligini ma’lum qildi. Shifokorlar uni karantindan oddiy palataga o‘tkazish niyatida.
Bemor bilan aloqada bo‘lgan yana 150 kishining sog‘lig‘i shifokorlar nazoratida. Ularda kasallik alomatlari kuzatilmadi.
Izoh (0)