“Rossiya 2” telekanali o‘zbekistonlik tennischi Denis Istominni qozog‘istonlik sportchiga “aylantirib” qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga mobil muxbir Muzaffar ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, telekanalning pastki yuruvchi titrida Nottingemdagi ATP turniri finali natijasi “D. Istomin (Qozog‘iston) – S. Kuerri (AQSh) 7:6, 7:6” ko‘rinishida berilgan va bu yozuv bir necha marta qaytarilgandan keyin ham to‘g‘rilanmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nottingemdagi turnirda g‘alaba qozonib, o‘z faoliyatidagi ilk ATP sovrinini qo‘lga kiritdi va Uimbldon turniri oldidan reytingda 30 pog‘ona yuqoriladi.
Izoh (0)