Hindistonning Bixar shtatida joylashgan Nirpur qishlog‘i aholisi ikki nafar o‘quvchi halok bo‘lgani tufayli xususiy maktab direktorini o‘lgunicha do‘pposladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, yetti va sakkiz yoshli ikki bola maktab yaqinidagi ariqda cho‘kkan holda topilgan. Bolalarning o‘limidan g‘azablangan qishloq aholisi maktabni yoqib yuborgan va direktor Devendra Prasadni kaltaklashga kirishgan. U shifoxonaga ketishda yo‘lda halok bo‘lgan.
Tartibsizliklarni to‘xtatishga urinish chog‘ida olti nafar politsiyachi jarohat olgan. Namoyishchilarning hech biri hibsga olinmagan. Dastlabki surishtiruv maktab direktorining bolalar o‘limiga aloqasi bo‘lganiga ishora bermagan.
Izoh (0)