AQShning General Motors avtokonserni Cisco kompaniyasining transport vositalariga nafaqat bir-biri, balki yo‘l infratuzilmasi bilan simsiz aloqa qilish imkonini beruvchi texnologiyasini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “3Dnews.ru”.
GM “avtomobil−avtomobil” tizimini 2017-yildan, Cadillac CTS sedanidan boshlab joriy qilmoqchi. Bu avtomobillarga yo‘l holati, jumladan yaxmalak yoki avariya haqidagi ma’lumotlarni simsiz interfeys orqali bir−biriga yetkazish imkonini beradi.
Cisco o‘zining Internet of Everything loyihasida avtomobillar, yo‘l infratuzilmasi elementlari (svetoforlar, temir yo‘l kesishmalari, yo‘l videokameralari va boshqalar), internet servislari (ob-havo, yo‘qolgan bolalar va favqulodda holatlar haqida ma’lumot beruvchi), shuningdek transport va favqulodda xizmatlarni yagona tarmoqqa birlashtirmoqchi.
Izoh (0)