AQSh politsiyasi uch hafta muqaddam Nyu-York qamoxonasidan qochgan mahbuslardan biri – Devid Svetni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Devid Svetni Nyu-York politsiyasi serjanti Jey Kuk ko‘rib qolgan. U Kanada chegarasi yaqinidagi shosseda yurgan shubhali shaxsni ko‘rib, unga qarata o‘q uzgan. Natijada qochoq yaralangan va qo‘lga tushgan. Hozirda shifoxonaga yotqizilgan mahbusning holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Uning sherigi Richard Mett 27-iyun kuni Ogayo shtatida otib tashlangan. Shunday qilib, 1000 dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qatnashgan operatsiya o‘z yakuniga yetdi.
Izoh (0)