Diplomatik vakolati tugayotgan Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolya Bryul bilan “Jahon” AA muxbiri suhbatlashdi, deb xabar beradi “12news.uz”.
“Men har doim sizning mamlakatingizda bo‘lgan vaqtlarimni iliqlik va mehr bilan eslab qolaman. O‘zbekiston xalqi samimiyligi, ko‘ngilchanligi va ochiqliligi bilan ajralib turadi. Bu siz bilan munosabat va hamkorlikni yanada oson va yoqimli qiladi”, — dedi Nikolya Bryul.
Elchi yana Samarqand, Buxoro va Xiva kabi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarining go‘zalligi va ulug‘vorligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Nikolya Bryul boy tarixga ega bo‘lgan O‘zbekiston jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Meni ayniqsa O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotgani quvontirmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, bir necha kundan keyin savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Shveysariya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi”.
Izoh (0)