Yaponiyaning Osaka shahri okrug sudi 26-iyun, juma kuni 40 yoshli Kyodzo Isoxini 2012-yilda ikki nafar o‘tkinchini o‘ldirganlikda aybdor deb topib, o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “RIA Novosti” Kiodo agentligi ma’lumotiga asoslanib xabar beradi.
Isoxi o‘zi istagan ishni topa olmaganidan so‘ng, o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan. Bir oy avval boshlangan sud jarayonida u jinoyatni gallyutsinatsiya ta’sirida sodir etganligini aytdi. Go‘yoki jinoyat qurbonlarining o‘zlari undan ularni o‘ldirishni so‘ragan.
2012-yilning 10-iyun kuni Osaka shahri markazida Isoxining oshxona pichog‘i bilan qilgan hujumi natijasida 42 yoshli musiqa prodyuseri Singo Minamoto va 66 yoshli restoran boshqaruvchisi Toki Sasakilar halok bo‘lgan.
Izoh (0)