O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshirig‘iga ko‘ra, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan giyohvandlik vositalarining navbatdagi to‘plamini yo‘q qilish tadbirini o‘tkazmoqda.
25-iyun kuni Toshkent shahrida idoralararo komissiya tomonidan 1 tonna 400 kilogramm giyohvandlik vositalari, shu jumladan 133,3 kg geroin, 775 kg opiy, 309 kg marixuana, 93,2 kg gashish, 84 kg ko‘knori, ko‘plab nasha o‘simliklari, tabletka va eritma shaklidagi giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Tadbirda Toshkentdagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy мakili Ashita Mittal O‘zbekistonning narkotiklarga qarshi kurashdagi harakatlarini yuqori baholadi.
Qayd etilishicha, 1994-yildan buyon O‘zbekiston tomonidan 54 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilingan.
Izoh (0)