Nyu-York shahri ma’muriyati o‘zi sodir etmagan qotillik uchun 24 yillik qamoq jazosini o‘tagan erkakka 6,25 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” shahar moliyaviy inspektori Skott Stringer ma’lumotiga tayanib.
Jonatan Fleming qotillik yuz bergan paytda voqea joyidan minglab kilometr uzoqda, Disney World bog‘ida bo‘lgan.
Fleming sud jarayonining boshidanoq o‘zining aybdor emasligini isbotlovchi dalillarni keltirgan bo‘lishiga qaramasdan, Bruklin tumani prokuraturasi faqat o‘tgan yilga kelib ushbu dalillarni tan oldi. Shundan keyingina Jonatan ozod etildi.
Izoh (0)