Xitoyning Uxan shahrida universitet talabasi noxosdan 14 santimetrli qoshiqni yutib yuborganligi uchun kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi Shanghaiist.
Muzqaymoq yeb yotoqxonasiga ketayotgan 22 yoshli qizni talabalardan biri turtib ketdi. Qiz baqirib qoshiqni yutib yubordi.
Jabrlangan qizning so‘zlariga qaraganda, u dastlab tibbiy yordam uchun murojaat qilishni zarur deb hisoblamadi. Biroq internet orqali shunga o‘xshash hodisalar haqida o‘qigach, shifokorga borishga qaror qildi.
Shifokorlar qizning oshqozonidan qoshiqni muvaffaqiyatli chiqarib oldi. Bu jarayonga o‘n daqiqa vaqt sarflandi.
Izoh (0)