Yaponiyaning Tokio universiteti mutaxassislari professor Kadzunori Kataoka boshchiligida maxsus kimyoviy vositalar bilan to‘ldirilgan juda kichik nanokapsulalar yordamida saraton o‘smasini yo‘qotishning yangi usulini ishlab chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Tadqiqotchilar guruhi vakilining so‘zlariga qaraganda, tajribalar davomida saraton o‘smasi bo‘lgan sichqonlarga diametri 55 nanometrli kapsulalar yuborildi. Ularda 64 atom og‘irligidagi gadoliniy kimyoviy elementi mavjud bo‘lib, ushbu kapsulalarni faqat saraton bilan zararlangan qismga qaratish texnologiyasi yaratildi.
Yo‘naltirilgan neytron nurlanish ta’sirida gadoliniydan kuchsiz radiatsiya tarqaladi, natijada faqat saraton hujayralari yo‘q qilinib, sog‘lom to‘qimalarga zarar yetmaydi.
Izoh (0)