Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Missis Sayyora — 2015” tanlovida rossiyalik 29 yoshli Lyudmila Matua g‘olib bo‘ldi, deb xabar beradi “Aif.ru” Rostov tumani Aloqa vazirligi ma’lumotiga tayanib.
“Bu g‘alaba nafaqat meniki, balki butun mamlakatnikidir. Tanlovda zal rossiyalik muxlislar bilan to‘la edi”, — deydi Matua.
Hafta davomida bo‘lib o‘tgan tanlovda dunyo bo‘yicha 20 dan 40 yoshgacha bo‘lgan oilali ayollar qatnashdi.
Bu Matuaning birinchi g‘alabasi emas. U “Missis Rossiya International — 2014” hamda “Prima Dona — 2014” tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.
Izoh (0)