Janubiy Koreyada koronavirus natijasida yana ikki kishi vafot etdi, shu tariqa jami qurbon bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib.
Virus bilan kasallanganlar soni uch kishiga ortib, jami 173 nafarni tashkil etdi.
3,8 ming kishiga karantin rejimi tayinlangan. Yaqindagina 4 mingdan ortiq kishi karantinda edi, ularning soni inkubatsiya davrining tugashi bilan bog‘liq holda qisqarmoqda. MERS koronavirusida inkubatsiya davri 14 kundan iborat.
Izoh (0)