Fransiya bosh vaziri Manuel Vals “Barselona” va “Yuventus” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi finalini tomosha qilish uchun Berlinga qilgan safariga ishlatgan 2,5 ming yevroni davlat xazinasiga qaytardi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Manuel Vals safar uchun hukumat samolyotidan foydalangani tufayli tanqid ostida qolgan edi. Hukumat rahbarining rasmiy dasturida bu ko‘zda tutilmagan.
Bosh vazirning o‘zi safardan maqsad o‘yinni tomosha qilish emas, balki Yevropa futboli amaldorlari bilan uchrashuv bo‘lganini ta’kidlagan.
Izoh (0)