Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Janubiy Karolina shtati Charlston shahridagi cherkovda yuz bergan fojia zamonaviy Amerika jamoatchiligi uchun rasizm — kasallik bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama San-Fransiskoda kechgan shahar merlari anjumanidagi chiqishida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: tass.ru

Foto: tass.ru

“Cherkovga qilingan hujum rasizm biz kurashishimiz kerak bo‘lgan kasallik bo‘lib qolayotganini ko‘rsatib berdi. Shuni tan olish kerakki, bu kabi jinoyatlar odatiy holga aylandi”, — dedi prezident.

Obama 2013-yilda AQShda o‘qotar qurollar bilan qilingan hujumlar oqibatida 11 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini eslatib o‘tdi. “Boshqa hech qaysi rivojlangan mamlakatda bunday holat yo‘q”, — deb qo‘shimcha qildi Obama.

Charlston cherkovidagi fojia 17-iyun, chorshanba kuni sodir bo‘ldi. Asosan afro-amerikaliklar qatnaydigan cherkov tashrifchilariga 21 yoshdagi oq tanli yigit o‘q uzgan. Natijada olti nafar ayol va uch erkak halok bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi va Janubiy Karolina shtati qonunchilik kengashi senatori Klement Pinkni ham bor edi.

Keyinroq huquq-tartibot organlari jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan Dilan Rufni qo‘lga oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr
Dunyo
Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”