Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Sukerberg TheDream US jamg‘armasiga 5 million dollar xayriya qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. U AQShga noqonuniy ravishda kelgan Amerika universitetlari talabalarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

The Wall Street Journal yozishicha, Sukerberg AQShda to‘la huquqli ravishda ta’lim olish uchun zarur qonuniy maqomga ega bo‘lmagan muhojir talabalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan so‘nggi mashhur amerikalik biznesmen bo‘ldi.

Bugungi kungacha fond 80 million dollar to‘plab ulgurgan.

Facebook rahbari ajratgan mablag‘ yaqin besh yil ichida San-Fransisko va shimoliy Kaliforniya universitetlaridagi 400 nafar talabaga stipendiya sifatida beriladi.

Sukerbergning o‘zi ushbu xatti-harakatini AQSh kelajagiga investitsiya kiritish deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi