2013-yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan aktyor Pol Uokerning advokatlari uning do‘stlaridan birini Uokerning avtomobillar kolleksiyasini o‘zlashtirishda ayblamoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Los-Anjeles sudiga da’vo Richard Teylorga qarshi berilgan. Arizaga binoan, “Forsaj” yulduzi halokatidan keyin 24 soatdan kam vaqt ichida Teylor va uning yordamchilari Uokerga tegishli mashinalardan bir nechtasini noma’lum joyga olib borib qo‘ygan.
Teylor jami 7 ta avtomobilni, jumladan Porsche GT3 RS’ni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Advokatlar avtomobillarni qaytarishni yoki ularning qiymatiga teng miqdorda tovon to‘lashni talab qilmoqda.
Izoh (0)