O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi GM Uzbekistan dilerlaridan xaridorlarga qo‘shimcha xizmatlar va mahsulotlar sotishni to‘xtatishni talab qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qo‘shma korxonaning barcha dilerlariga yo‘llangan maktubda iste’molchilar huquqlari buzilishini to‘xtatish va mijozlarni qo‘shimcha mahsulotlar sotib olish va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishiga majburlashga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora ko‘rish lozimligi haqida so‘z yuritilgan.
Avvalroq iste’molchilar GM Uzbekistan’ning ba’zi dilerlari avtomobil sotib olish vaqtida xaridorlarga o‘t o‘chirgich, dori qutisi, avariyali to‘xtash belgisi, AvtoOlam jurnali va boshqa mahsulotlarni ham xarid qilishga majburlagani, xaridor rad etgan taqdirda mashinani sotishdan bosh tortgani yuzasidan shikoyat qilgan. Qo‘mita bunday harakatlar noqonuniy ekanligini eslatib o‘tgan.
Izoh (0)