Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston muftiysining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Ibrohim Inomov boshchiligidagi O‘zbekiston musulmonlar idorasi delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda UzDaily.

Foto: dumrt.ru

Foto: dumrt.ru

Tatariston muftiysi Komil hazrat Samigullin 2015-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiya Tatariston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishib, ikkala diniy tashkilot o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Tatariston muftiysi Komil hazrat Samigullin mehmonlarga Tatariston musulmon hamjamiyatidagi vaziyat, diniy an’analarni saqlab qolish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, tataristonlik ulamolarning asarlari qayta tiklanayotgani va “Huzur” nashriyot uyining ishlari haqida so‘zlab bergan. O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi unga O‘zbekiston muftiysining salomini yetkazib, iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi