Norin mechanical plant korxonasi o‘zbek avtomobillari uchun bir qator butlovchi qismlar qatorida yiliga 50 mingta velosiped tayyorlash quvvatiga ega, deb yozadi “Uz24.uz”.
Ayni chog‘da bu yerda 80 nafardan ziyod ishchi murakkab texnologik jarayonlarni maromiga yetkazib bajarmoqda.
Bugun korxonada “Norin” yorlig‘i bilan olti turda kattalar va bolalar velosipedlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgacha quvvatlarni o‘zlashtirish jarayonida oylik mahsulot tayyorlash miqdorini 4 ming 166 taga yetkazishga muvaffaq bo‘lindi. Texnologik liniya ishga tushgandan buyon 10 ming 500 dan ziyod mahsulot bozorga chiqarildi, deb xabar beradi “Turkiston-press” AA.
O‘tgan yildan boshlab korxonada yangi mahsulot — ixcham elektrovelosipedlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yangi turdagi ulov mitti akkumulyator yordamida harakatlanadi. Uni bir marta quvvatlantirish bilan soatiga 30—40 kilometr tezlikda 50 chaqirimgacha yo‘l bosish mumkin.
Izoh (0)