Janubiy Koreyada MERS koronavirusi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” “Ryonxap” agentligi ma’lumotlariga tayanib.
6,5 ming kishiga karantinda saqlanish tavsiya etilgan.
Virus bilan kasallanganlarning yarmiga yaqini Seuldagi Samsung tibbiy markazida virusni yuqtirib olgan. Xabar berilishicha, ushbu kasalxonaning tez yordam xizmati haydovchisi virusni yuqtirib olganligi va kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo‘lganiga qaramasdan, ishlashda davom etgan.
Koreya hukumati MERS virusi bilan kasallanganlar davolangan 84 ta kasalxonalar ro‘yxatini e’lon qildi. Biroq o‘tgan kunlar ichida virusni kasalxonadan tashqarida yuqtirib olishning birinchi holati qayd etildi. Bu esa virusning yanada ko‘proq tarqalishi xavfini vujudga keltirdi.
Izoh (0)