O‘zbekistonda 2014-yil davomida 2 tonna 298 kilogramm narkotik vositalar ushlab qolindi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida 2014-yildagi narkovaziyat to‘g‘risida. Aksilnarkotik siyosatning asosiy yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish” nomli press relizga asoslanib, UzDaily xabar berdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2014-yilda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 6698 ta narkojinoyat (2013-yilda 7680 ta) holatlari, jumladan 3062 (3722) ta o‘tkazish, 607 (623) ta kontrabanda, 1320 (1491) ta tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish, 1709 (1794) ta boshqa narkojinoyat holatlari aniqlangan.
2 tonna 298 kilogramm (2013-yilda 2 326 kg) narkotik vositalar noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 106,5 (121,6) kg geroin, 881,9 (851,3) kg opiy, 802,9 (873,5) kilogramm marixuana, 100 (143,3) kilogramm gashish va 406,3 (336,3) kilogramm ko‘knori bo‘lgan.
Izoh (0)